QISQA MASOFAGA YUGURUVCHILARNING YILLIL TAYYORGARLIK SIKLIDA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Qisqa masofaga yugurish, sprint, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, yillik tayyorgarlik sikli, start texnikasi, tezlanish bosqichi, maksimal tezlik, sport mashg‘ulotlari, atletika.Abstract
Mazkur maqolada qisqa masofaga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik siklida texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida sprintchilarning start texnikasi, tezlanish bosqichi, maksimal tezlikni saqlab qolish hamda marraga yetib kelish texnikasini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot vositalarining samaradorligi tahlil qilindi. Tajriba mashg‘ulotlari davomida maxsus mashqlar kompleksini qo‘llash natijasida sportchilarning tezlik ko‘rsatkichlari va texnik harakatlari sezilarli darajada yaxshilangani aniqlangan. Olingan natijalar qisqa masofaga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik siklida texnik-taktik tayyorgarlikni optimallashtirish sport natijalarini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.