YOSH VELOSPORTCHILARNING KUCH SIFATLARINI OSHIRISHDA MAXSUS MASHQLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Authors

  • Kadirov Diyorbek Author

Keywords:

Yosh velosportchi, kuch sifati, maxsus mashqlar, tezkor-kuch, pedal aylantirish quvvati, sport tayyorgarligi, pedagogik tajriba, sport fiziologiyasi.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada yosh velosportchilarning kuch sifatlarini rivojlantirishda maxsus mashqlardan foydalanish samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida 14–16 yoshli velosportchilar ishtirokida pedagogik tajriba tashkil etildi. Tajriba guruhida umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari bilan bir qatorda velosiped sportiga xos maxsus kuch mashqlari qo‘llanildi, nazorat guruhida esa an’anaviy mashg‘ulot dasturi olib borildi. Tadqiqot natijalari maxsus mashqlarni tizimli qo‘llash yosh velosportchilarning oyoq mushaklari kuchi, tezkor-kuch ko‘rsatkichlari hamda start tezlanish samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.

Author Biography

  • Kadirov Diyorbek

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti 2-bosqich magistranti

Published

2026-03-04