RAKAMLI TRANSFORMATSYA SHAROITIDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING KASBIY TAYYORGARLIGI
Keywords:
Raqamli transformatsiya, kasbiy tayyorgarlik, bo‘lajak mutaxassis, raqamli kompetensiya, raqamli ta’lim, innovatsion ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli savodxonlik, zamonaviy ta’lim, ta’lim sifati, raqobatbardosh kadrlar, masofaviy ta’lim, raqamli muhit, kasbiy kompetentlik, ta’limni modernizatsiya qilish.Abstract
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya davrida o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim muhitida pedagogning kasbiy salohiyati, raqamli savodxonligi va innovatsion faoliyatga tayyorligini oshirishga doir ilmiy qarashlar yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy raqamli vositalar ta’sirida o‘qituvchining pedagogik mahorati, refleksiv tafakkuri va kommunikativ kompetensiyalarining o‘zgarish jarayoni tahlil etiladi. Raqamli transformatsiya, kasbiy rivojlanish, ta’lim tizimi, texnololgiya, ta’lim yoshlarga o`z mafkurasini shakllantirish va o`zlariga yoqadigan narsa bilan shug’ullanish, ishtirok etish va demokratiya hamda hamjihatlik bilan ajralib turadigan davlatimiz kelajagini shakllantirishga yordam berishi kerak bo‘lgan jarayonlardir. Iqtisodiy muhitning o‘zgarishi davridagi ta’limni raqamlashtirish nafaqat ta’limga, balki tegishli sohalarga ham ta’sir qilishi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, raqamli iqtisodiyot ta’siri ostida o’quv muhiti tezlashtirish va qisqa vaqt ichida malakali mutaxassislarni shakllantirish tomon asta-sekin o‘zgarib bormoqda. Oliy ta’limning raqamli transformatsiyasi ta’limning mavjudligi, uzluksizligi va sifatini ta’minlashda raqamli resurslardan foydalanishning yangi istiqbollarini ochib beradi. Ta’limdagi raqamli transformatsiya bu o‘quvchilarimizga ta’lim berish usulini o’zgartirishdir. Bu yangi texnologiyani sinfga kiritishdan tortib, talabalar taraqqiyotini baholash va kuzatish usullarini o‘zgartirishgacha bo‘lgan hamma narsani anglatishi mumkin. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning jadal joriy etilishi mutaxassislar tayyorlash mazmuni, shakli va metodlariga tubdan ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda raqamli kompetensiyalarning mohiyati, ularning bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy shakllanishidagi o‘rni hamda ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim tizimida raqamli muhitning shakllanishi kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Maqola natijalari oliy ta’lim muassasalari, pedagoglar va ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega. Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi natijasida o‘qitish mazmuni, metodlari va shakllarida yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy mutaxassisni tayyorlashda raqamli kompetensiyalar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va bo‘lajak mutaxassislarning raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Muallif raqamli muhitda ta’lim sifatini oshirish yo‘llari va samarali pedagogik yondashuvlarni asoslab beradi.