RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGYALARINING TALABALAR KASBIY-METODIK KOMPETENSYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI

Authors

  • Zokirov Dostonbek Mirzoxid og’li Author

Keywords:

raqamli ta’lim, kasbiy kompetensiya, metodik kompetensiya, innovatsion texnologiyalar, elektron ta’lim, interaktiv o‘qitish, masofaviy ta’lim.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Raqamli texnologiyalar zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash bo‘yicha kompetentligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada raqamli vositalarning samaradorligi, ularni o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari hamda axborot texnologiyalari bilan bog’liq yangi kompetentsiyalarni rivojlantirish usullari o‘rganiladi. Tadqiqotda talabalarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, axborotni mustaqil o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion usullar va texnologiyalar tahlil qilinadi. Mazkur maqolada raqamli ta’lim texnologiyalarining talabalarda kasbiy , metodik kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda zamonaviy raqamli vositalar  masofaviy ta’lim platformalari, interaktiv dasturlar, elektron ta’lim resurslari hamda sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarning ta’lim jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, raqamli muhitda tashkil etilgan o‘quv mashg’ulotlarining talabalarning kasbiy bilim, metodik malaka, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritib berildi. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali bo‘lajak mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning kasbiy tayyorgarligini yuqori darajaga ko‘tarish mumkinligini ko‘rsatdi. Maqolada raqamli ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etishning metodik mexanizmlari, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari hamda ta’lim sifatiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Shuningdek, talabalar faoliyatida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish orqali ularning kasbiy moslashuvchanligi, ijodiy tafakkuri va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida kuzatish, tahlil, taqqoslash va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, olingan natijalar oliy ta’lim muassasalarida raqamli pedagogik muhitni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Zokirov Dostonbek Mirzoxid og’li

    Buxoro davlat texnika universiteti

Published

2026-03-05