NUTQIDA NUQSONI BO‘LGAN (AUTIZM YOKI DUDUQLANISH) BOLALAR UCHUN "RITM-TERAPIYA" METODIKASI: O‘ZBEK URF-ODAT O‘YINLARI MISOLIDA
Keywords:
ritm-terapiya, inklyuziv ta’lim, autizm, duduqlanish, o‘zbek milliy o‘yinlari, psixomotorika, artikulyatsiya, musiqa terapiyasi, sensor integratsiya, nutqiy nuqson, reabilitatsiya, xalq folklori, doira ritmlari, kommunikativ ko‘nikmalar, korreksion pedagogika.Abstract
Ushbu maqolada nutqida turli nuqsonlari bo‘lgan, xususan, autizm spektri buzilishi (ASB) hamda duduqlanish bilan bog‘liq muammolari mavjud bolalarni reabilitatsiya qilishda "Ritm-terapiya" metodikasining innovatsion imkoniyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning o‘ziga xosligi shundaki, unda g‘arbiy metodologik yondashuvlar o‘zbek milliy urf-odat o‘yinlari va folklor namunalari bilan integratsiya qilingan holda tahlil qilinadi. Nutq buzilishi ko‘p hollarda bosh miyadagi ritmik jarayonlarning nomutanosibligi va motorika bilan nutqiy markazlar o‘rtasidagi aloqaning uzilishi bilan bog‘liqdir. Maqolada "Oq terakmi, ko‘k terak", «Kim oladi-yo, shuginani-yo» va "Lali-lali" kabi xalq o‘yinlarining metrik-ritmik tuzilishi bolalardagi psixoemotsional to‘siqlarni bartaraf etish, nafasni to‘g‘ri taqsimlash va artikulyatsion apparatni faollashtirishdagi ahamiyati ilmiy asoslab beriladi.
Tadqiqot davomida ritmning nevrologik ta’siri — ya’ni miyaning sensor integratsiyasini yaxshilash xususiyati o‘rganilib, inklyuziv ta’lim jarayonida musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha yangi pedagogik model ishlab chiqilgan. Maqola natijalari nafaqat musiqa ta’limi, balki maxsus pedagogika va defektologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ham muhim metodologik manba bo‘lib xizmat qiladi.