ZAMONAVIY SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMIDA MUSIQA TERAPIYASINING REABILITATSION IMKONIYATLARI
Keywords:
Musiqa terapiyasi, Reabilitatsiya, Sog‘liqni saqlash, Psixosomatika, Neyroreabilitatsiya, Ruhiy salomatlik, Kognitiv funksiyalar, Stressni boshqarish, Tibbiy psixologiya, Akustik terapiya, Shifobaxsh kuylar, Zamonaviy tibbiyot, O‘zbekiston tajribasi, Profilaktika, Terapevtik yondashuv.Abstract
Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy shifoxonalar va sog‘lomlashtirish markazlarida tobora ommalashib borayotgan musiqiy davolash usullari tahlil qilinadi. Biz ko‘pincha ushbu sohani shunchaki hordiq vositasi deb bilsak-da, aslida u inson salomatligini qayta tiklashda (reabilitatsiyada) ulkan salohiyatga ega. Maqolada mazkur san’at turining miya faoliyatiga, yurak ritmi va asab tizimi barqarorligiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri hayotiy misollar orqali yoritilgan. Tadqiqot jarayonida xalqaro tibbiyot muassasalarida qo‘llaniladigan tajribalar o‘rganilib, yo'nalishning ilmiy asoslari ko'rib chiqildi.
Aniqlanishicha, mahzun yoki jonli ohanglar nafaqat kayfiyatni ko‘taradi, balki xastaliklardan keyin organizmning tezroq tiklanishiga, uyqu buzilishining oldini olishga hamda ruhiy tushkunlikni yengishga ko'maklashadi. Maqolada ushbu amaliyotni zamonaviy tibbiyotning uzviy qismiga aylantirish istiqbollari bayon etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sog'liqni saqlash tizimida ham ushbu metodikadan foydalanib, bemorlardagi psixofiziologik hamda fiziologik kasalliklarni samarali bartaraf etish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan.