BOLALARDAGI NOREVMATIK KARDITLARNI DAVOLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: IMMUNOKORREKSIYA VA METABOLIK TERAPIYANING O‘RNI
Keywords:
norevmatik kardit, bolalar, immunokorreksiya, metabolik terapiya, levokarnitin, interferon, yurak etishmovchiligi.Abstract
Mazkur maqolada bolalardagi norevmatik karditlarning (NRK) zamonaviy diagnostikasi va davolash usullari, xususan immunokorreksiya va metabolik terapiyaning samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotga 2023-2025 yillar davomida Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va boshqa tibbiyot muassasalarida norevmatik kardit tashxisi bilan davolangan 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 98 nafar bola jalb etilgan. Bemorlar qabul qilgan terapiya turiga qarab ikki guruhga ajratilgan: asosiy guruh (n=52) standart terapiya bilan birga immunokorreksiya (interferon alfa-2b, immunoglobulinlar) va metabolik preparatlarni (levokarnitin, sitoxrom C, trimetazidin) qabul qilgan; taqqoslash guruhi (n=46) faqat standart terapiya olgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda klinik simptomlarning regressiyasi, yurakning nasos funksiyasining tiklanishi va yallig‘lanish ko‘rsatkichlarining normallashuvi taqqoslash guruhiga nisbatan sezilarli darajada tezroq sodir bo‘lgan (p<0,05). Immunokorreksiya va metabolik terapiyaning kompleks qo‘llanilishi norevmatik karditli bolalarda davolash samaradorligini oshirishga, kasallikning surunkalashuvining oldini olishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.