CHATGPT VA GPT TEXNOLOGIYASI: TRANSFORMER ARXITEKTURASI, O‘QITISH BOSQICHLARI VA ILMIY-NAZARIY TAHLIL
Keywords:
ChatGPT, GPT, transformer, self-attention, RLHF, pre-training, fine-tuning, token, generativ model, sun’iy intellekt.Abstract
Ushbu maqolada ChatGPT va GPT oilasining shakllanishi, transformer arxitekturasi, autoregressiv o‘qitish prinsipi, instruktsiyaga moslashtirish va RLHF bosqichlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi generativ pretrained transformer modellarining ishlash mexanizmini matematik va konseptual nuqtai nazardan yoritishdan iborat. Maqolada o‘z-o‘ziga e’tibor mexanizmi, keyingi token ehtimolini hisoblash, kross-entropiya yo‘qotish funksiyasi hamda inson fikri orqali moslashtirish modeli formulalar bilan izohlanadi. Natijada ChatGPT samaradorligi faqat model hajmiga emas, balki transformer arxitekturasi, pre-training sifati, fine-tuning, xavfsizlik va alignment mexanizmlarining uyg‘unligiga bog‘liq ekani asoslab beriladi.
Downloads
Published
2026-03-08
Issue
Section
Articles