TROTIL EKVIVALENTI ASOSIDA PORTLASH O‘CHOG‘IDA ZARARLANISH ZONALARINI PROGNOZLASH MODELI

Authors

  • Karimova Lola Mels qizi Author
  • Rayimqulova Zebiniso Ilhomjon qizi Author
  • Berdiyev Olim Dovronovich Author

Keywords:

trotil ekvivalenti, zarbdor to‘lqin, portlash o‘chog‘i, zararlanish zonalari, Saduovskiy formulasi, texnogen xavf, matematik modellashtirish, bashorat qilish.

Abstract

Bugungi kunda sanoat ob’ektlaridagi texnogen falokatlar va fojiali hodisalar oqibatida yuzaga keladigan portlashlar inson hayoti va infratuzilmaga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Portlash quvvatini baholash va uning zararli ta’sir doirasini aniq bashorat qilish favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega. Ushbu maqolaning maqsadi turli xil portlovchi moddalarning energetik ko‘rsatkichlarini trotil ekvivalentiga o‘tkazish orqali portlash o‘chog‘idagi zararlanish zonalarini aniqlashning takomillashtirilgan matematik modelini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda M.A. Sadovskiyning zarbdor to‘lqin bosimini hisoblash formulalari va energetik balans nazariyasi qo‘llanilgan. Portlash kinetikasi va havo muhitidagi dinamik qarshilik koeffitsiyentlari asosida zararlanish radiuslarini klassifikatsiyalash usuli tahlil qilingan. Modellashtirish jarayonida portlovchi moddaning massasi (C) va masofa (R) o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik o‘rganilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, trotil ekvivalenti asosida yaratilgan model portlash markazidan boshlab to‘rt xil (to‘liq, kuchli, o‘rtacha va kuchsiz) zararlanish zonalarini 93-95 % gacha aniqlikda bashorat qilish imkonini beradi. Tadqiqot doirasida turli massadagi zaryadlar uchun kritik masofalar jadvali shakllantirildi. Taklif etilayotgan model Fevqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari va sanoat xavfsizligi mutaxassislari uchun xavfli hududlarni xaritaga tushirish hamda evakuatsiya rejalarini tuzishda amaliy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Karimova Lola Mels qizi

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

    Toshkent, O‘zbekiston

     

  • Rayimqulova Zebiniso Ilhomjon qizi

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

    Toshkent, O‘zbekiston

  • Berdiyev Olim Dovronovich

    Ilmiy rahbar: Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi assistenti

Published

2026-03-08