ABDULLA ORIPOVNING “JANNATGA YOʻL” DRAMASIDA INSONIYAT TAQDIRI MASALASI
Keywords:
Abdulla Oripov, “Jannatga yo‘l” dramasi, insoniyat taqdiri, ma’naviyat, axloqiy tanlov, ezgulik va yovuzlik, vijdon, adolat, ruhiy iztirob, ma’naviy poklanish.Abstract
Mazkur maqolada Abdulla Oripovning “Jannatga yoʻl” dramasi insoniyatning ma’naviy qiyofasi, axloqiy tanlovi va taqdiri masalasini falsafiy ruhda yorituvchi asarlardan biridir. Asarning asosiy obrazlari, ayniqsa, Yigit, Tarozibon, Ona va Hur qiz kabi personajlar tahlil qilinadi. Asarda diniy mifologik ramzlar - arosat, tarozi, farishtalar, jannat va do‘zax orqali zamonaviy ijtimoiy-axloqiy muammolar, adolatsizlik, hasad, vijdonsizlik, shaxsiy va ijtimoiy javobgarlik fojiali va satirik tarzda ko‘tarilgan. Muallif insonning jannatga erishish yo‘li tashqi boylik yoki mavqeda emas, balki qalb pokligi, sabr-toqat va halollikda ekanini ta’kidlaydi. Asar jamiyat taraqqiyoti, inson kelajagi ham avvalo axloqiy poklanish va ruhiy yuksalishga tayangan holda barqaror bo‘lishini badiiy-falsafiy jihatdan asoslaydi.