QURITILGAN MEVALARNING EKSPORT SALOHIYATI VA SOG‘LIQ UCHUN FOYDASI

Authors

  • Shaydullayeva Sabrina Baxodir qizi Author
  • Fayzullayev Utkir Aminqulovich Author

Keywords:

Quritilgan, eksport, meva, quriqmeva, oziq-ovqat, salomatlik, o‘zbek kismishi, tabiiy, tarkibi, iqtisodiy.

Abstract

Quritilgan mevalar qadimdan insonlar hayotida muhim o‘rin tutib kelmoqda. Hozirgi kunda ular nafaqat oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi, balki eksport salohiyati yuqori bo‘lgan mahsulotlar sirasiga ham kiradi. Dunyo bozorida quritilgan mevalarga doimiy talab mavjud bo‘lib, ayniqsa AQSh, Yevropa mamlakatlari, Rossiya, Xitoy va Turkiyada katta miqdorda import qilinadi. O‘zbekistonning iqlim sharoitlari va boy agroresurslari tufayli uzum, o‘rik, anjir, olxo‘ri, olma kabi mevalarni quritib, sifatli mahsulotlar tayyorlash imkoniyati mavjud. Jumladan, o‘zbek kishmishi dunyo bozorida yuqori sifatli maxsulot sifatida qadrlanadi. Quritilgan mevalarning eksporti mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular orqali barqaror valyuta tushumi ta’minlanadi. Shu bilan birga, yangi mevalarga nisbatan quritilgan mevalar uzoq muddat saqlanishi, tashishga qulayligi va qo‘shimcha qiymatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Tabiiy usullarda yetishtirish va qadimiy tajribalarning mavjudligi,  quritilgan mevalarini xalqaro bozorda raqobatbardosh qiladi. Quritilgan mevalar sog‘liq uchun foydalari. Ularning tarkibida kaliy, magniy, temir, kaltsiy, fosfor kabi muhim minerallar va A, B, C, E, K vitaminlar  mavjud. Ular energiya manbai hisoblanib, tez quvvat beradi, sportchilar va jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi insonlar uchun ayniqsa foydalidir.

Author Biographies

  • Shaydullayeva Sabrina Baxodir qizi

    Termiz Davlat muhandislik va

    agrotexnologiyalar  universitet

    O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini

    ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishi 3- bosqich

    talabalari

  • Fayzullayev Utkir Aminqulovich

    O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali  bog‘dorchilik  kafedrasi assistenti.

    Fayzullayevotkir07@gmail.com

     

Published

2025-10-08