ONKOLOGIK KASALLIKLARNI ERTA TASHXISLASHDA GENETIK TAHLILLARNING AHAMIYATI

Authors

  • Hasanova Durdona Rahim qizi Author
  • Raximova Durdona Juraqulovna Author

Keywords:

onkologik kasalliklar, genetik tahlil, NGS, suyuq biopsiya.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada onkologik kasalliklarni erta tashxislashda genetik tahlillarning tutgan o‘rni va zamonaviy molekulyar-diagnostik usullarning imkoniyatlari tahlil qilingan. Saraton kasalliklarining rivojlanishida DNK darajasida yuzaga keladigan irsiy va orttirilgan mutatsiyalar asosiy patogenetik omil ekanligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR), keyingi avlod sekvensiyasi (NGS) va suyuq biopsiya kabi usullarning diagnostik qiymati baholangan. Genetik tahlillar yordamida xavf guruhidagi shaxslarni klinik belgilar paydo bo‘lishidan avval aniqlash, o‘smaning molekulyar xususiyatlarini baholash hamda individual davolash strategiyasini ishlab chiqish imkoniyati mavjudligi asoslab berilgan. Maqolada onkologik skriningni shaxsiy genetik xavf profili asosida rejalashtirish konsepsiyasi taklif etilgan. Ushbu yondashuv saraton kasalliklarini erta bosqichda aniqlash ko‘rsatkichlarini oshirishga hamda davolash samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Hasanova Durdona Rahim qizi

    SamDTU 2-son Davolash ishi fakulteti 411-guruh talabasi

  • Raximova Durdona Juraqulovna

    Ilmiy rahbar: PhD

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi

Published

2026-03-09