BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA FITBEK (FEEDBACK) USULIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Authors

  • Axmedova Mushtariybonu Mahmudjonovna Author

Keywords:

o‘qish savodxonligi, fitbek, feedback, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik texnologiya, ta’lim samaradorligi, o‘qish ko‘nikmasi, baholash, metodika.

Abstract

Maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi darslarida fitbek (feedback) usulidan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida o‘qish savodxonligi tushunchasining pedagogik mohiyati, uni rivojlantirish metodlari hamda fitbek usulining ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan tajriba-sinov ishlari olib borilib, fitbek usulidan foydalanish orqali o‘quvchilarning o‘qish, tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari fitbek usuli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatdi. Ish natijalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida foydalanish uchun tavsiya etiladi.

Author Biography

  • Axmedova Mushtariybonu Mahmudjonovna

    Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi, Pedagogika fakulteti

    Toshkent amaliy fanlar universiteti

Published

2026-03-09