MAKTAB TA’LIMIDA BADIIY ASARLARNI SAMARALI O’QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
badiiy asar, o’qitish metodikasi, interfaol metodlar, ijodiy tushunish, o’quvchilarning ishtiroki, diferensial yondashuvAbstract
Maktab ta’limida badiiy asarlarni o’qitish metodikasi ko’plab muammolar bilan yuzlashadi: o’quvchilarning qiziqmasligi, tahliliy fikrlashning pastligi, metodlarning eskirganligi va amaliy jihatdan integratsiyalashtirilmaganligi. Ushbu maqolada o’qitish metodikasini takomillashtirish yo’llari innovatsion usullar, interfaol texnologiyalar, diferensial yondashuv va o’quvchilarning ijodiy ishtirokini oshirish vositalari tahlil qilinadi. Tadqiqot maktab darslarida qo’llangan metod va texnikalarning samaradorligini eksperimental metodlar yordamida aniqlashga qaratilgan. Natijalar shuni ko’rsatdiki, interfaol metodlar va ijodiy topshiriqlar o’quvchilarda badiiy matnga munosabatni yaxshilaydi, tushunishni chuqurlashtiradi va adabiy salohiyatni rivojlantiradi. Maqola xulosalarida metodik takliflar va amaliy tavsiyalar berilgan.