INGLIZ VA FRANSUZ TILLARINING TARIXIY SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI: QIYOSIY TAHLIL
Keywords:
ingliz tili, fransuz tili, til evolutsiyasi, Norman bosqini, qiyosiy tilshunoslik, leksik o‘zlashuv, lingvistik ta’sir, til kontaktlari, tarixiy rivojlanishAbstract
Mazkur maqolada ingliz va fransuz tillarining tarixiy shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda o‘zaro lingvistik ta’siri qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida ikki tilning Indo-Yevropa til oilasiga mansubligi, ularning german va roman tillari guruhlarida shakllanishi hamda tarixiy voqealar ta’sirida yuzaga kelgan evolyutsion o‘zgarishlar o‘rganildi. Xususan, 1066-yildagi Norman bosqini natijasida ingliz tiliga fransuz tilining leksik va uslubiy ta’siri keng tahlil qilindi. Shuningdek, fransuz tilining davlat siyosati va standartlashuv jarayonlari orqali rivojlanishi yoritildi. Maqolada tarixiy-qiyosiy, tavsifiy va lingvistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ingliz va fransuz tillari o‘rtasidagi leksik o‘xshashliklar hamda grammatik va fonetik farqlarni aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur ish tilshunoslikning tarixiy va qiyosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.