ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING G‘ARB DAVLATCHILIGIDA TUTGAN O‘RNI
Keywords:
Bobur, shoir, tarixchi, sulola, arbob.Abstract
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) — buyuk sarkarda, davlat arbobi, shoir va tarixchi bo‘lib, u nafaqat Sharq, balki G‘arb davlatchiligi tarixida ham muhim o‘rin egallaydi. Bobur asos solgan Boburiylar davlati (G‘arb tarixshunosligida “Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi” nomi bilan mashhur) XVI–XIX asrlar davomida Hindiston yarimorolida yirik va markazlashgan davlat sifatida mavjud bo‘lgan. Ushbu davlatning siyosiy boshqaruv tizimi, harbiy islohotlari, madaniy va huquqiy qarashlari G‘arb olimlari tomonidan alohida e’tirof etilgan. Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning G‘arb davlatchiligi tarixidagi o‘rni, uning davlat qurilishi borasidagi qarashlari va u asos solgan imperiyaning jahon siyosiy tafakkuriga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi.