“TENGLIK MASALASI: O‘ZBEKISTONDA FEMINIZMGA MUNOSABAT”

Authors

  • Abdug’ofurova Marjona Tolib qizi Author

Keywords:

feminizm, gender tengligi, ayol huquqlari, oila va jamiyat, stereotiplar, ijtimoiy adolat, oiladagi zo‘ravonlik, shaxsiy erkinlik, teng imkoniyatlar, ayolning ijtimoiy faolligi.

Abstract

Mazkur maqolada bugungi kunda jamiyatda turlicha va ko‘pincha noto‘g‘ri talqin qilinayotgan feminizm tushunchasining asl mohiyati yoritiladi. Xususan, feminizmning oilaga qarshi emasligi, aksincha, oiladagi adolat, o‘zaro hurmat va tenglik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashi ilmiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada feminizmga nisbatan shakllangan stereotiplar, ularning kelib chiqish sabablari hamda real mazmuni o‘rtasidagi tafovut ochib beriladi. Shuningdek, ayollarning ta’lim olish, mehnat qilish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish va oilada hurmat qilinish huquqlari feminizm g‘oyalarining asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida feminizmning jamiyat va oila barqarorligiga tahdid emas, balki sog‘lom va adolatli ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi harakat ekani asoslab beriladi.

Author Biography

  • Abdug’ofurova Marjona Tolib qizi

    JIDU,xalqaro huquq fakulteti 2-kurs talabasi

    O‘zbеkiston rеspublikasi tashqi ishlar vazirligi              jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Published

2026-03-09