YURAK YETISHMOVCHILIGI ZAMONAVIY QARASHLAR PATOGENEZ VA DAVOLASH PRINSIPLARI
Keywords:
Yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, RAAT, natriyuretik peptidlar, SGLT2 ingibitorlari, exokardiografiya.Abstract
Yurak yetishmovchiligi (YY) — miokardning nasos funksiyasi pasayishi natijasida yuzaga keladigan, to‘qimalarning qon va kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmasligi bilan xarakterlanuvchi murakkab klinik sindromdir. Bugungi kunda YY kardiologiya sohasida o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi va o‘tkazilgan miokard infarkti ushbu patologiyaning shakllanishida yetakchi etiologik omillar hisoblanadi.Maqolada kasallik rivojlanishining zamonaviy neyrogümoral konsepsiyasi yoritilgan. Bunda simpatik-adrenal tizim (SAT) va renin-angiotenzin-aldosteron tizimi (RAAT) ning surunkali faollashuvi miokard remoderlanishi va kasallik progressiyasidagi o‘rni tahlil qilingan.Tadqiqotda YYning sistolik va diastolik shakllarini aniqlashda Exokardiografiya (ExoKG) tekshiruvining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, tashxisni verifikatsiya qilish va prognozni belgilashda zamonaviy biomarkerlar — natriyuretik peptidlar (BNP, NT-proBNP) tahlilining yuqori informativligi ilmiy asoslangan.Yurak yetishmovchiligini erta bosqichlarda aniqlash, xavf omillarini korreksiya qilish va kompleks patogenetik davo choralarini qo‘llash ushbu global tibbiy muammoning yechimida hal qiluvchi ahamiyatga ega.