ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR-BUYUK PODSHOH, MUMTOZ SHOIR, NAZARIYOTCHI ADABIYOTSHUNOS, FAQIH, TILSHUNOS OLIM

Authors

  • Feruza Alimovna Ravshanova Author

Keywords:

buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san’atshunos, etnograf, ruboiy, asar.

Abstract

Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi. Bobur-buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko‘p qirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Boburga jahoniy shuhrat keltirgan asar uning «Devon»i, «Mubayyin»i yoki «Aruz risolasi» emas, balki «Boburnoma», yanada aniqrog‘i, uning turli tillarga qilingan tarjimalaridir. Boburshoh: shoir va adib XV-XVI asrlarda Xuroson va Movarounnahr, Hindiston va Afg‘oniston, Eron va Turkiyada fors tili va adabiyoti nufuzining qay darajada yuksak ekanligini «Boburnoma» kotibi va tarjimoni so‘zlari bilan izohlash mumkin.

Author Biography

  • Feruza Alimovna Ravshanova

    Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

    fakulteti tyutori

Published

2026-03-09