O‘ZBEK VA ITALYAN TILLARIDAGI SINONIMLARNING O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI
Keywords:
synonym, classification of synonyms, Uzbek language, Italian language, contrastive analysis, lexicology, quasi-synonym, synonyms.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada o‘zbek va italyan tillaridagi sinonimlarning o‘xshash va farqli jihatlari kontrastiv tahlil qilingan bo‘lib, tadqiqot sinonimning lisoniy hodisa sifatida qaysi umumiy va o‘ziga xos prinsiplar asosida shakllanishi va ishlashini qiyosiy o‘rganishga qaratilgan. O‘zbek tilidagi sinonimlarning aniq tasnifi va ularning yuzaga kelish sabablari akademik maqola asosida, italyan tilidagi sinonimiyaga oid asosiy xususiyatlar esa o‘quv va amaliy qo‘llanmalar materiallarida taqdim etilgan ma'lumotlar asosida o‘rganilgan. Natijada, ikki tildagi sinonimlar ham semantik maydon tashkil etish, ma’nolarning nozik farqlarini ifodalash va nutqni boyitish vazifalarini bajarishda bir xillik ko‘rsatishi aniqlandi. Biroq, ularning farqlari, asosan, til taraqqiyotining turli tarixiy yo‘llari, lug‘at tarkibidagi o‘zlashma so‘zlarning ulushi va mavjud sinonimik qatorlarni shakllantirish jarayonlaridagi farqlarda namoyon bo‘ladi. Maqola ikki til sinonimik tizimining muqobil tavsifini berib, umumiy tilshunoslik hamda qiyosiy tillar o‘qitish metodologiyasi uchun nazariy amaliy ahamiyatga ega.