TARJIMA JARAYONIDA MADANIY MUVOFIQLASHTIRISH (CULTURAL ADAPTATION)
Keywords:
madaniy muvofiqlashtirish, badiiy tarjima, adaptatsiya, madaniyatlararo tarjima, madaniy kontekst, idiomatik ibora, metafora.Abstract
Ushbu maqolada tarjima jarayonida madaniy muvofiqlashtirish (cultural adaptation) masalasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarjimada til birliklari bilan bir qatorda madaniy kontekstni ham hisobga olish zarurligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, badiiy matnlarni bir til va madaniyat doirasidan boshqa til va madaniyat muhitiga o‘tkazishda yuzaga keladigan lingvistik hamda madaniy qiyinchiliklar yoritiladi. Maqolada tarjimon tomonidan qo‘llaniladigan adaptatsiya strategiyalari, idiomatik iboralar, metaforalar hamda madaniy realiyalarni moslashtirish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari tarjima jarayonida madaniy muvofiqlashtirishning ahamiyatini ochib beradi hamda badiiy matnlarni maqsadli auditoriyaga tushunarli va estetik jihatdan uyg‘un shaklda yetkazish bo‘yicha tavsiyalarni taklif etadi.