O'ZBEK TILIDA ZAMON KATEGORYASINING SHAKLLANISHI VA TURLARI
Keywords:
zamon kategoriyasi, fe’l, grammatik kategoriya, o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon, morfologik ko‘rsatkichlar, zamon shakllari, til taraqqiyoti.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilida zamon kategoriyasining shakllanish jarayoni hamda uning asosiy turlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamon kategoriyasi fe’l so‘z turkumining muhim grammatik belgilardan biri sifatida harakat va holatning nutq paytiga nisbatan vaqt jihatidan munosabatini ifodalaydi. Ishda zamon shakllarining tarixiy taraqqiyoti, ularning morfologik ko‘rsatkichlari hamda nutq jarayonida qo‘llanish xususiyatlari izchil yoritiladi.Tadqiqot davomida o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan o‘tgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon shakllari, shuningdek, ularning ma’no nozikliklari va uslubiy imkoniyatlari misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Zamon shakllarining sodda va murakkab ko‘rinishlari, shaxs-son qo‘shimchalari bilan uyg‘unlashuvi hamda sintaktik vazifalari tahlil etiladi.Shuningdek, zamon kategoriyasining shakllanishida tarixiy manbalar va til taraqqiyoti omillarining o‘rni haqida fikr yuritiladi. Maqola natijalari o‘zbek tilshunosligida fe’l kategoriyalarini chuqurroq o‘rganish, ayniqsa, zamon shakllarining nazariy va amaliy jihatlarini aniqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.