TIL ORQALI TARAQQIYOT SARI: YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN SUN’IY INTELLEKT TARJIMASINING AHAMIYATI VA UNING KAMCHILIKLARI
Keywords:
sun’iy intellekt, tarjima, Yangi O‘zbekiston, raqamli taraqqiyot, innovatsiya, texnologiya.Abstract
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida sun’iy intellekt texnologiyalarining, shu bilan bir qatorda, tarjima sohasidagi tutgan o‘rni, ahamiyati va mavjud kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt yordamida tarjima texnologiyalari raqamli taraqqiyot, ilm-fan va madaniy integratsiyani jadallashtirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Tadqiqotda sun’iy intellekt (SI) tarjimasining afzalliklari – tezlik, aniqlik va ko‘p tillilik, shu bilan bir qatorda, uning ayrim kamchiliklari mavjud bo‘lib, madaniy ma’nolarning yo‘qolishi, kontekstual noaniqlik va texnologik mustaqillik masalalari tahlil qilingan. Metodologiya sifatida taqqoslovchi-tahliliy yondashuv bo‘lib, Google Translate, DeepL va ChatGPT kabi tizimlar o‘zbek tili misolida o‘rganilgan.