GEPATIT B VA C VIRUSLI INFEKTSIYALARIDA ANTIVIRAL TERAPIYANING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Keywords:
Gepatit B, Gepatit C, antiviral terapiya, Sofosbuvir, Daclatasvir, Tenofovir, DAAAbstract
Ushbu ilmiy tadqiqotda gepatit B va C virusli infeksiyalarini davolashda zamonaviy antiviral terapiya usullarining samaradorligi o‘rganildi. So‘nggi yillarda interferon asosidagi terapiyadan farqli ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi antiviral preparatlar (Direct Acting Antivirals — DAA) yuqori klinik natijalar bermoqda. Tadqiqotda 75 nafar bemor ishtirok etdi: ulardan 40 nafari gepatit C, 35 nafari esa gepatit B bilan og‘rigan. Gepatit C bemorlariga Sofosbuvir + Daclatasvir kombinatsiyasi, gepatit B bemorlariga esa Tenofovir preparati buyurildi. Olingan natijalarga ko‘ra, DAA preparatlari 12–24 haftalik davolashdan so‘ng virusli yuklamani 90–96% gacha kamaytirdi, jigar fermentlari normallashdi va bemorlarning umumiy ahvoli yaxshilandi.