MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDA INTELLEKTUAL DAVLATCHILIK TIZIMI VA SAMARQAND ASTRONOMIYA MAKTABINING SIVILIZATSION O‘RNI
Keywords:
Temuriylar renessansi, Mirzo Ulug‘bek, Samarqand astronomiya maktabi, rasadxona, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”, yulduzlar jadvali, astronomik o‘lchovlar, ilmiy meros.Abstract
Ushbu maqolada Temuriylar renessansining yirik namoyandasi, buyuk astronom va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi hamda uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Samarqand astronomiya maktabining shakllanish bosqichlari, Ulug‘bek rasadxonasining o‘sha davrdagi texnik imkoniyatlari va yuqori darajadagi aniqlikka ega kuzatuvlari yoritib berilgan. Ayniqsa, olimning shoh asari bo‘lmish “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” jadvalining matematik asosi va undagi yulduzlar katalogining g‘arb va sharq ilm-fani uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilgani ilmiy dalillar bilan ko‘rsatilgan. Maqola yakunida Ulug‘bek merosining zamonaviy astronomiya va metrologiya sohalari rivojidagi ahamiyati xususida xulosalar berilgan.