GOOGLE TRANSLATE-NING ENG KO‘P YO‘L QO‘YADIGAN LINGVISTIK XATOLARI

Authors

  • Xolmatova Roxatoy Author
  • Yuldasheva Sadoqatoy Bahodirovna Author

Keywords:

Google Translate, neyron mashina tarjimasi, lingvistik xatolar, kontekstual xatolar, grammatik gender, pragmatik kompetensiya, prompt inyeksiya.

Abstract

Ushbu ilmiy maqola Google Translate neyron mashina tarjimasi tizimining lingvistik xatolarini tizimli tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda mavjud ilmiy adabiyotlar va empirik ma'lumotlar asosida tarjima xatolarining asosiy turlari tasniflangan, ularning yuzaga kelish sabablari lingvistik nuqtai nazardan izohlangan hamda ushbu xatolarni minimallashtirish yo‘llari taklif etilgan. Maqolada, xususan, so‘z turkumlarini noto‘g‘ri aniqlash, kontekstual va pragmatik xatolar, grammatik gender va son kabi morfologik kategoriyalarni uzatishdagi muammolar, shuningdek, yangi generativ sun'iy intellekt modellariga o‘tish bilan bog‘liq xavflar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, neyron tarmoqlarga asoslangan tarjima tizimlari sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, ular hali ham kontekstni to‘liq tushunish, pragmatik ma'nolarni uzatish va grammatik murakkabliklarni hal qilishda jiddiy kamchiliklarga ega.

Author Biographies

  • Xolmatova Roxatoy

    Andijon davlat chet tillar instituti ingliz filologiyasi  o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tarjima nazaryasi va amaliyoti 1- bosqich talabasi

  • Yuldasheva Sadoqatoy Bahodirovna

    Andijon davlat chet tillari instituti umumiy va qiyosiy tilshunoslik  kafedrasi o‘qituvchisi

Published

2026-03-11