KO‘P QAVATLI UYLARDA YONG’INGA QARSHI SUV TA’MINOTI TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLARI

Authors

  • Sabirova Shoista Mirayupovna Author
  • Qilicheva Gulasal Sheralievna Author

Keywords:

yong‘inga qarshi suv ta’minoti, ko‘p qavatli binolar, yong‘in gidranti, nasos stansiyasi, suv bosimi, ichki yong‘in tizimi, suv rezervuari, avtomatlashtirish, xavfsizlik tizimi.

Abstract

Ko‘p qavatli turar-joy binolarida yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimi inson hayoti va moddiy boyliklarni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ko‘p qavatli uylarda qo‘llaniladigan ichki yong‘in o‘chirish suv tizimlarining ishlash prinsipi, ularning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar hamda mavjud muammolar tahlil qilinadi. Jumladan, suv bosimining yetarli emasligi, quvurlarning eskirishi, nasos stansiyalarining noto‘g‘ri tanlanishi va texnik xizmat ko‘rsatishning yetarli darajada olib borilmasligi kabi kamchiliklar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asosida tizimni modernizatsiya qilish, avtomatlashtirilgan nasos stansiyalarini joriy etish, suv rezervuarlarini optimallashtirish hamda muntazam monitoring tizimini tashkil etish bo‘yicha amaliy yechimlar taklif etiladi.

Author Biographies

  • Sabirova Shoista Mirayupovna

    Toshkent davlat transport universiteti

  • Qilicheva Gulasal Sheralievna

    Toshkent davlat transport universiteti

    KQ-6 guruh talabasi

Published

2026-03-12