“ARAB BAHORI” VOQEALARIDAN KEYIN MISR TASHQI SIYOSATI: IQTISODIY VA GEOSIYOSIY DETERMINANTLAR
Keywords:
Misr tashqi siyosati, Arab Bahori, Iqtisodiy va geosiyosiy determinantlar, Abdulfattoh as-Sisi, Suvaysh kanaliAbstract
Ushbu maqola Arab Bahori voqealaridan keyingi Misr tashqi siyosatini tahlil qiladi va uning shakllanishiga ta’sir qilgan iqtisodiy va geosiyosiy determinantlarni o‘rganadi. 2011-yilda Husni Muborak hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng “Musulmon birodarlar”ning qisqa muddatli hukmronligi va 2013-yilda Abdulfattoh as-Sisining hokimiyatga kelishi mamlakat siyosatida keskin burilishlar yuzaga keltirdi. Maqolada Misrning strategik geografik joylashuvi, Suvaysh kanali orqali global savdo yo‘llarini nazorat qilishi, neft-gaz resurslari, turizm va xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarining tashqi siyosatdagi roli yoritilgan. Shuningdek, Misrning AQSh va Rossiya bilan harbiy-iqtisodiy hamkorligi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosiy strategiyasi ham tahlil qilingan. Arab Bahori davridan keyin mamlakatning mintaqaviy va global maydondagi strategik pozitsiyasini mustahkamlashdagi asosiy omillarni aniqlashga qaratilgan.