BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Authors

  • Botirjonova Bonu Baxtiyor qizi Author
  • Abdusalomova Nodira Baxodirovna Author

Keywords:

Sun’iy intellekt (AI), raqamli iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, avtomatlashtirish, ichki nazorat, muhimlilik, Generativ AI (GenAI)

Abstract

Hozirgi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari deyarli barcha sohalarga kirib kelmoqda, hamda u barcha sohalarda murakkab ishlarni yengillashtirmoqda. Xususan, u buxgalteriya hisobiga ham kirib kelib, hisob-kitob jarayonlarini yanada mukammal qilmoqda. Ushbu maqola sun’iy intellekt (AI) yordamida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlardagi yashirin xatolar va firibgarlikni aniqlash imkoniyatlarini tahlil qiladi. Moliyaviy hisobotlarda ko‘pincha sezilmaydigan xatolar yoki yashirin firibgarliklar katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin hamda an’anaviy audit nazorati orqali ham ularni har doim aniqlay olmaydi. Mazkur maqolaning maqsadi AI texnologiyalari qanday qilib yashirin xatolarni tez va samarali aniqlash mumkinligini, shuningdek, bu jarayonning xalqaro moliyaviy standartlar (IFRS, IAS)ga mosligini o‘rganadi, hamda sun’iy intellekt asosida buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirishning moliyaviy axborot sifati va boshqaruv qarorlariga ta’sirini tadqiq etish hamda uning buxgalteriya qarorlarini optimallashtirishdagi o‘rnini aniqlashdan iborat.

Author Biographies

  • Botirjonova Bonu Baxtiyor qizi

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi 3-kurs talabasi

    Email: bonubotirjonova164@gmail.com

  • Abdusalomova Nodira Baxodirovna

    Ilmiy rahbar

Published

2026-03-13