TALABALARNING O‘QUV JARAYONIGA BO‘LGAN QIZIQISHINING PASAYISHIGA TA’SIR QILUVCHI PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY OMILLAR

Authors

  • Jienbaeva K.B. Author

Keywords:

motivatsiya, stress, psixologik omillar, ijtimoiy omillar, talaba faolligi, o‘quv motivatsiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishining pasayishiga ta’sir qiluvchi psixologik va ijtimoiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida motivatsiya yetishmovchiligi, stress, otaona bosimi, moddiy qiyinchiliklar hamda raqamli qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish kabi omillar talabalarning o‘qishga bo‘lgan munosabatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. Amaliy mashg‘ulot davomida talabalarning fikrlari tahlil qilinib, “Mas’uliyat doirasi” metodikasi yordamida ularning e’tibori qaysi omillarga qaratilgani aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi nafaqat psixologik va ijtimoiy omillar bilan, balki talabaning shaxsiy mas’uliyati va o‘zini boshqarish qobiliyati bilan ham bog‘liqdir.

Author Biography

  • Jienbaeva K.B.

    Innovatsion texnologiyalar universiteti, Psixologiya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, Nukus, O‘zbekiston

Published

2026-03-13