RAQAMLASHTIRILGAN JAMIYAT SHAROITIDA YOSHLAR TARBIYASIDA JISMONIY MEHNATNING KAMAYISHI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OQIBATLARI (YAPONIYA, XITOY VA JADIDLAR TA’LIMI MISOLIDA)

Authors

  • Ziyoda Olimova Olim qizi Author

Keywords:

Raqamlashtirilgan jamiyat, yoshlar tarbiyasi, jismoniy mehnat, ijtimoiy-psixologik oqibatlar, raqamli qaramlik, gipodinamiya, jadid pedagogikasi, Anji Play, Yaponiya ta’lim modeli, irodaviy tarbiya, milliy o‘zlik, raqamli gigiyena.

Abstract

Mazkur maqolada raqamlashtirilgan jamiyat sharoitida yoshlar tarbiyasida jismoniy mehnatning kamayishi va uning ijtimoiy-psixologik oqibatlari ilmiy-nazariy hamda qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va virtual muhitning keng tarqalishi natijasida yoshlar ongida mehnat qadriyatining susayishi, irodaviy barqarorlikning zaiflashuvi, ijtimoiy moslashuv muammolari hamda ruhiy tushkunlik holatlarining ortib borayotgani asoslab beriladi. Tadqiqotda jismoniy faollik yetishmasligining sog‘liq, psixik holat va oilaviy munosabatlarga salbiy ta’siri ochib berilgan.

Shuningdek, Sharq ta’lim modellari — Yaponiya va Xitoy tajribasi, xususan “Osoji” an’anasi hamda “Anji Play” metodikasi tahlil qilinib, ularning yoshlar tarbiyasidagi amaliy ahamiyati yoritilgan. Jadid ma’rifatchilarining ta’lim-tarbiya qarashlari asosida aqliy va jismoniy mehnat uyg‘unligining nazariy asoslari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari jismoniy mehnat shaxsning nafaqat jismoniy sog‘lomligi, balki ruhiy barqarorligi, ijtimoiy mas’uliyati va milliy o‘zligini shakllantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Maqola yakunida zamonaviy ta’lim tizimiga mehnat elementlarini integratsiya qilish, raqamli gigiyena madaniyatini shakllantirish va oilaviy muloqotni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Author Biography

  • Ziyoda Olimova Olim qizi

    Navoiy Davlat  Universiteti

    magistranti

    E-mail:ziyodaolimova4@gmail.com

Published

2026-03-13