ZULFIYA ISROILOVA VA GULANDOM TOG`AYEVA SHE’RIYATINING BADIIY-ESTETIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Ulasheva Dilnura Qodirali qizi Author

Keywords:

qiyosiy-tipologik tahlil, lirik qahramon, psixologizm, estetik ideal, badiiy mahorat, metaforik tizim, o‘zbek she’riyatida ayollar ijodi.

Abstract

Ushbu ilmiy maqola XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Zulfiya Isroilova hamda mustaqillik davri she’riyatining iste’dodli vakili Gulandom Tog‘ayeva ijodini qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda har ikki shoira lirikasi misolida, o‘zbek she’riyatida ayollar ijodining badiiy-estetik takomili, lirik qahramon konsepsiyasi va badiiy tasvir vositalarining transformatsiyasi tahlil etiladi.

  Zulfiya ijodidagi klassik poetik an’analar, sadoqat va matonat pafosining ijtimoiy-falsafiy asoslari Gulandom Tog‘ayeva she’riyatidagi zamonaviy subyektivizm, individual psixologizm tamoyillari bilan o‘zaro muqoyasa qilinadi. Maqolada shoiralar uslubidagi metaforik tafakkur va ritmik-intonatsion xususiyatlar ilmiy dalillar asosida ochib berilgan. Shuningdek, adabiy davrning ijodkor estetik idealiga ta’siri nazariy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek she’riyatida ayollar ijodining badiiy xususiyatlarini tizimli o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Author Biography

  • Ulasheva Dilnura Qodirali qizi

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti  O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 3-bosqich talabasi

     

Published

2026-03-13