QANDLI DIABET – XXI ASR EPIDEMIYASI

Authors

  • Matchonova Marjona Davronbek qizi Author
  • Sadullaev Otanazar Qodirovich Author

Keywords:

Qandli diabet, giperglikemiya, insulin, insulin rezistentligi, epidemiya, metabolik buzilish, semizlik, mikroangiopatiya, retinopatiya, nefropatiya, profilaktika, epidemiologiya.

Abstract

Qandli diabet XXI asrning eng dolzarb global tibbiy-ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik insulin sekretsiyasi, insulin ta’siri yoki ularning kombinatsiyasi buzilishi natijasida yuzaga keladigan surunkali giperglikemiya bilan tavsiflanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, qandli diabet bilan kasallanish ko‘rsatkichi so‘nggi o‘n yilliklarda keskin oshib, global epidemiya darajasiga yetdi. Kasallikning rivojlanishida genetik moyillik, noto‘g‘ri ovqatlanish, semizlik, jismoniy faollikning kamayishi va urbanizatsiya muhim xavf omillari hisoblanadi. Mazkur maqolada qandli diabetning xavfi va uni oldini olish haqida yoritilgan.

Author Biographies

  • Matchonova Marjona Davronbek qizi

    Urganch davlat tibbiyot instituti .

  • Sadullaev Otanazar Qodirovich

    Ilmiy raxbar

Published

2026-03-13