O‘ZBEKISTON SHAHARLARIDA KO‘KALAMZORLASHTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Authors

  • Asomxonova Rayxonaxon Author
  • Xolova Shoxista Abduvositovna Author

Keywords:

ko‘kalamzorlashtirish, shahar ekologiyasi, urbanizatsiya, yashil infratuzilma, O‘zbekiston.

Abstract

Mazkur ilmiy maqola O‘zbekiston shaharlarida ko‘kalamzorlashtirishning hozirgi holati, asosiy muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy yechimlarni yoritishga bag‘ishlangan. Urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, qurilish zichligining oshishi va transport yuklamasining ko‘payishi shahar ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yashil hududlar qisqarishiga olib kelmoqda. Shu bois ko‘kalamzorlashtirish shahar mikroiqlimini yaxshilash, havo sifatini oshirish va aholining yashash qulayligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar tahlili, normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish hamda taqqoslama va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, suv resurslaridan samarasiz foydalanish, mahalliy iqlimga mos bo‘lmagan o‘simlik turlarini ekish, parvarish va monitoring ishlarining yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi ko‘kalamzorlashtirish samaradorligini pasaytirmoqda. Maqolada qurg‘oqchil iqlim sharoitiga mos turlarni tanlash, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va yashil infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Author Biographies

  • Asomxonova Rayxonaxon

    Toshkent davlat agrar universitetining “O‘rmonchilik va aholi joylarni ko‘kalamzorlashtrish” yo‘nalishi talabasi

    rayhonaxonasomxonova@icloud.com

  • Xolova Shoxista Abduvositovna

    Toshkent davlat agrar universiteti O’rmon xo’jaligi va landshaft dizayn fakultеti dotsenti, q.x.f.f.d

    shokhista.kholova@mail.ru

Published

2026-03-13