O'RMONLASHTIRISH VA KO'KALAMZORLASHTIRISH ORQALI CHO'LLANISH JARAYONINI SEKINLASHTIRISH YO'LLARI
Keywords:
cho'llanish, tuproq degredatsiyasi, yer unumdorligi, iqlim o'zgarishi, ko'kalamzorlashtirish, eroziya, suz resurslari, ekologik barqarorlik.Abstract
Ushbu maqolada cho'llanish jarayonining mohiyati, uning tabiiy va antropogen sabablari hamda ekologik oqibatlari tahlil qilinadi. Xususan, iqlim o'zgarishi, o'rmonlarning kesilishi, chorva mollarini haddan tashqari boqish va barqaror bo'lmagan qishloq xo'jaligi amaliyotlarining tuproq degredatsiyasiga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, degredatsiyaga uchragan yerlarni tiklashda satrategik va ilmiy asoslangan daraxt ekish tashabbuslarining ahamiyati asoslab beriladi. Daraxtlarning tuproqni mustahkamlash, suv resurslarini tartibga solish, biologik xilma- xillikni saqlash hamda iqlim o'zgarishi ta'sirini yumshatishdagi roli ochib beriladi. Maqolada cho'llanishga qarshi kurashishda kompleks va barqaror yondashuv zarurligi ta'kidlanadi. Bundan tashqari ko'kalamzorlashtirish ishlarini mahalliy sharoit va hududning ekologik xususiyatlarini inobatga olgan holda oshirish muhimligi asoslanadi.