XANDON PISTANING (PISTACIA VERA L.) O‘ZBEKISTON SHAROITIDA ERTA PISHAR SHAKLLARINI TANLASH VA BAHOLASH
Keywords:
Pistacia vera L, xandon pista, erta pishar shakli, fenologiya, seleksiya, O‘zbekiston iqlimi.Abstract
Ushbu maqolada Xandon pistaning (Pistacia vera) O‘zbekistonning qurg‘oqchil va keskin kontinental iqlim sharoitida uchraydigan populyatsiyalari orasidan erta pishar shakllarni aniqlash, ularni fenologik va xo‘jalik belgilariga ko‘ra baholash masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida gullash va meva pishish muddatlari, vegetatsiya davri davomiyligi, hosildorlik ko‘rsatkichlari hamda ekologik omillarga moslashuv xususiyatlari o‘rganildi. Natijalar erta pishar shakllarning vegetatsiya davri qisqaligi, barqaror hosildorligi va qurg‘oqchilik sharoitiga moslashuvchanligi bilan ajralib turishini ko‘rsatdi. Ushbu shakllarni seleksiya va amaliy bog‘dorchilikda qo‘llash iqlim o‘zgarishi sharoitida xandon pistani yetishtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.