ISHLAB CHIQARISH LOGISTIKASI

Authors

  • Ametov Jahongir To'htaboy o'g'li Author

Keywords:

ishlab chiqarish logistikasi, logistika tizimi, moddiy oqim, axborot oqimi, ishlab chiqarish jarayoni, zaxiralarni boshqarish, ta’minot zanjiri, transport logistikasi, ombor xo‘jaligi, samaradorlik, optimallashtirish, tannarx, raqobatbardoshlik.

Abstract

Ushbu maqolada ishlab chiqarish logistikasi tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda korxona faoliyatidagi o‘rni keng yoritilgan. Ishlab chiqarish logistikasi xomashyo va materiallarning korxonaga kelib tushishidan boshlab, tayyor mahsulotning iste’molchiga yetkazib berilishigacha bo‘lgan jarayonlarni samarali boshqarishni nazarda tutadi. Maqolada logistika jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish va optimallashtirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy ishlab chiqarish tizimlarida logistikaning ahamiyati, xarajatlarni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli ko‘rib chiqilgan. Ishlab chiqarish logistikasi samarali yo‘lga qo‘yilgan korxonalarda mahsulot tannarxining pasayishi, ishlab chiqarish siklining qisqarishi va mijozlar ehtiyojining tezkor qondirilishi ta’minlanishi ilmiy asosda yoritilgan. Maqola natijalari ishlab chiqarish korxonalarida logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Author Biography

  • Ametov Jahongir To'htaboy o'g'li

    Qoraqalpog'ston Respublikasi Beruniy tumani

    "Navro’z" MFY Olimpiya I-tor ko'cha

    Oziq-ovqat texnologiyasi va Xalqaro insitutining

    "Logistika"2-kurs  talabasi

Published

2026-03-13