FRAZEOLOGIYA VA UNING TURLARI

Authors

  • Ismatova Muqaddas Ilhom qizi Author

Keywords:

frazeologiya, frazeologik birlik, idiomalar, maqol va matallar, barqaror birikmalar, nutq madaniyati, semantika.

Abstract

Tilning lug’at boyligini shakllantiruvchi muhim unsurlardan biri – frazeologizmlardir. Frazeologik birikmalar nutq jarayonida til birligi sifatida qo’llanadi va so’zlashuvning ifodador hamda ta’sirchan bo’lishiga xizmat qiladi. Bunday iboralar muayyan tilda so’zlashuvchi xalqning madaniy merosi va til boyligini namoyon etadi, shuningdek, ularning dunyoni idrok etishiga xos jihatlarni yoritib berishga yordam beradi. Mazkur maqolada frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida yoritilib, uning predmeti, vazifalari va asosiy turlari tahlil qilinadi. Frazeologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning nutqdagi o‘rni va ahamiyati misollar asosida izohlanadi. Shuningdek, idiomalar, frazeologik birikmalar, maqol va matallar hamda barqaror jumlalarning tasnifi va semantik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida frazeologik birliklarning nutqni boyitish, ifodaviylikni kuchaytirish va milliy madaniyatni aks ettirishdagi roli asoslab beriladi.

Author Biography

  • Ismatova Muqaddas Ilhom qizi

    Samarqand davlat chet tillari instituti Filologiya va tarjimashunoslik fakulteti 2407-guruh talabasi

Published

2026-03-13