O’ZBEK TILIDA RASMIY - USLUBIY NUTQNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
rasmiy uslub, rasmiy-uslubiy nutq, lingvistik xususiyatlar, adabiy til, terminologiya, hujjat tili, standart iboralar, nutq madaniyati, grammatik me’yorlar, sintaktik tuzilmaAbstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilida rasmiy-uslubiy nutqning asosiy lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Rasmiy uslub davlat boshqaruvi, huquqiy hujjatlar, ish yuritish, diplomatik yozishmalar hamda turli tashkilotlar faoliyatida keng qo‘llaniladigan nutq turi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada rasmiy nutqning shakllanishi, uning adabiy til me’yorlariga tayanishi, til birliklarining aniq, lo‘nda va mantiqiy tartibda qo‘llanishi masalalari yoritiladi. Rasmiy-uslubiy nutqda so‘zlarning ko‘p ma’nolilikdan holi bo‘lishi, terminologik aniqlik, takroriy qoliplar va standart iboralarning ustunligi asosiy belgi sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdek, fe’l shakllarining buyruq, majhul va hozirgi-kelasi zamon ko‘rinishlarida ishlatilishi, otlashgan birikmalar, murakkab gap tuzilmalarining keng qo‘llanilishi rasmiy uslubning muhim grammatik xususiyatlari sifatida tahlil qilinadi. Maqolada rasmiy nutqning leksik, morfologik va sintaktik darajadagi xususiyatlari alohida ko‘rib chiqilib, ularning amaliy nutq jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri tuzish, nutq madaniyatini oshirish hamda o‘zbek adabiy tilining funksional uslublarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.