QUYOSH FOTOELEKTRIK STANSIYASINI MARKAZIY TARMOQQA ULASH VA ENERGIYA SOTISH TARTIBLARI
Keywords:
Quyosh fotoelektr stansiyalari, yagona elektr energetika tizimi, Net-metering,Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, xususan, quyosh fotoelektr stansiyalarini (QFS) yagona elektr energetika tizimiga integratsiya qilishning huquqiy, iqtisodiy va texnik jihatlari tadqiq etiladi. Maqolada aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotish mexanizmlari, Vazirlar Mahkamasining 247-sonli qarori doirasidagi imtiyozlar hamda "Quyoshli xonadon" dasturining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, QFSni tarmoqqa ulashda ASKUE tizimi, IEC xalqaro standartlari va texnik xavfsizlik talablarining o‘rni yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari quyosh energiyasidan foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan xulosalar bilan yakunlanadi.