OBID QOʻLDOSH HIKOYALARIDA ARXAIZMLAR
Keywords:
arxaizm, badiiy til, stilistika, tarixiy leksika, Obid Qoʻldosh, hikoya janri.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining vakillaridan biri bo‘lgan yozuvchi Obid Qoʻldosh hikoyalarida uchraydigan arxaik birliklar lingvistik va stilistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida yozuvchining hikoyalarida qo‘llangan arxaizmlarning semantik xususiyatlari, ularning badiiy matndagi funksional vazifasi hamda milliy koloritni yaratishdagi ahamiyati o‘rganildi. Shuningdek, arxaik so‘zlarning qahramon nutqini individuallashtirish, tarixiy muhitni ifodalash hamda badiiy tasvirning ekspressivligini kuchaytirishdagi roli yoritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Obid Qoʻldosh arxaizmlardan maqsadli foydalanib, asarlarining badiiy-estetik qiymatini oshiradi hamda milliy tilning tarixiy qatlamlarini badiiy matn orqali namoyon etadi.