Barqaror moda tizimida second hand mahsulotlarining dizayn orqali qiymatini oshirish mexanizmlari

Authors

  • Alimova Arofat Nuriddinovna Author

Keywords:

Barqaror moda, second hand moda, dizayn orqali qiymat yaratish, aylanma iqtisodiyot (circular economy), (rebound effect), qayta foydalanish, moda dizayni, mahsulot umrliligi, ekologik barqarorlik, iste’molchi xulqi, qayta savdo bozori (resale market), transformativ dizayn, klassik dizayn, barqaror iste’mol, moda innovatsiyasi, upcycling, slow fashion.

Abstract

Mazkur maqolada barqaror moda tizimida second hand mahsulotlarning dizayn orqali iqtisodiy, estetik va funksional qiymatini oshirish mexanizmlari, ecologic ijtimoiy, iqtisodiy va ijobiy ahamiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot aylanma iqtisodiyot (circular economy) konsepsiyasi, barqaror iste’mol tamoyillari hamda moda dizaynining mahsulot umrliligiga ta’siri doirasida olib boriladi. Xalqaro ilmiy manbalar va statistik ma’lumotlar asosida second hand bozorining jadal o‘sishi, iste’molchilarning ekologik qadriyatlari ortishi hamda dizayn elementlarining (klassik uslub, transformativlik, material sifati, ko‘p funksiyalilik) mahsulotning qayta savdo bozoridagi qiymatiga sezilarli ta’siri yoritib beriladi.Maqolada dizayn faqat estetik vosita emas, balki mahsulotning uzoq muddatli iqtisodiy qiymatini shakllantiruvchi strategik omil sifatida talqin etiladi. Shuningdek, second hand mahsulotlarga ijtimoiy hikoya (social narrative), brend identifikatsiyasi va innovatsion qayta ishlash yondashuvlarini integratsiya qilish orqali ularning bozor jozibadorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari barqaror moda amaliyotida dizayn yondashuvi second hand mahsulotlarning umrliligini uzaytirish, chiqindilarni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim mexanizm ekanligini asoslaydi.

Author Biography

  • Alimova Arofat Nuriddinovna

    Toshkent to’qimachilik va yengil sano’at institute Parij xalqaro moda akademiyasi qo’shma fakulteti

    2-bosqich magistranti

Published

2026-03-18