XALQARO AMALIYOTDA IKKIYOQLAMA SOLIQ SOLISH VA UNI BARTARAF ETISH MUAMMOLARI

Authors

  • Normurodova Shahrizoda Shavkat qizi Author

Keywords:

ikkiyoqlama soliq solish, xalqaro soliq siyosati, soliq kreditlari, soliq bitimlari, investitsiyalar, soliq ma’murchiligi

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro amaliyotda ikkiyoqlama soliq solish muammolari, uning iqtisodiy va huquqiy mohiyati hamda davlatlar o‘rtasidagi investitsion hamkorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Ikkiyoqlama soliq solish xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi.Maqolada ikkiyoqlama soliq solishni bartaraf etishning asosiy usullari, jumladan, soliq kreditlari, ozod qilish (exemption) usuli hamda xalqaro soliq shartnomalarining roli yoritib beriladi. Shuningdek, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasi asosida mavjud mexanizmlar samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida ikkiyoqlama soliq solishni kamaytirish va oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish, ikki tomonlama soliq bitimlarini kengaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish zarurligi asoslab beriladi.

Author Biography

  • Normurodova Shahrizoda Shavkat qizi

    O‘zbekiston Respublikasi

    Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

Published

2026-03-18