BOLALAR MUSIQA VA SANʼAT MAKTABIDA DUTOR CHOLGʻUSINI OʻRGATISH TEXNIKALARI
Keywords:
Dutor, musiqa ta’limi, ijrochilik mahorati, o‘qitish metodikasi, xalq cholg‘ulari, pedagogik texnologiya, sahna madaniyati, gamma va etyud, musiqa maktabi, estetik tarbiya.Abstract
Mazkur ishda musiqa maktablarida dutor cholgʻusini oʻrgatish metodikasi, oʻquvchilarga toʻgʻri oʻtirish va cholgʻuni ushlash qoidalari, mashgʻulot jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etish masalalari yoritilgan. Dutor chalishda gavda holati, qoʻl va yelka erkinligi, cholgʻuni toʻgʻri tutish texnikasi hamda sahnaga chiqish va ijro madaniyati haqida batafsil tushuncha berilgan. Shuningdek, boshlangʻich bosqichda oddiy mashqlar, gammalar va etyudlar orqali oʻquvchilarning texnik koʻnikmalarini shakllantirish, ritm va eshitish qobiliyatini rivojlantirish muhimligi taʼkidlangan. Dars jarayonida ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy, oʻyin va taqqoslash metodlaridan foydalanish samaradorligi asoslab berilgan. Ishda “Musiqa oʻqitish metodikasi va maktab repertuari” fanining vazifalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, metodik ishlanmalar tayyorlash hamda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda taʼlim jarayonini tashkil etish masalalari ham yoritilgan. Mazkur material musiqa maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega.