MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDA YER EGALIGI VA AGRAR MUNOSABATLARDAGI O‘ZGARISHLAR

Authors

  • Raximboyeva Dilafruz Ibrogim qizi Author
  • Ostonov Oybek Aliqulovich Author

Keywords:

Temuriylar davlati, agrar munosabatlar, yer egaligi, amlok, iqto‘ tizimi, vaqf mulki, mulk yerlar, sug‘orish tizimi, xiroj, ushr, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy barqarorlik, markazlashgan boshqaruv

Abstract

Mazkur maqolada XIV–XV asrlarda Markaziy Osiyo hududida mavjud bo‘lgan Temuriylar davlatida agrar munosabatlar tizimi va uning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda yer egaligining asosiy shakllari — davlat yerlari (amlok), iqto’, vaqf va xususiy mulk tizimi — hamda ularning huquqiy-iqtisodiy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, soliq siyosati (xiroҷ, ushr va boshqa to‘lovlar), sug‘orish infratuzilmasining tiklanishi va takomillashuvi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘sishi kabi omillar ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari Temuriylar davrida agrar munosabatlarning tartibga solinishi davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlash, markazlashgan boshqaruvni mustahkamlash va shahar hamda qishloq o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lganini ko‘rsatadi. Maqola tarixiy solnomalar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan.

Author Biographies

  • Raximboyeva Dilafruz Ibrogim qizi

    Toshkent davlat agrar universiteti

    “Agroiqtisodiyot,logistika va xizmatlar”  fakulteti

    Buxgalteriya”yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

  • Ostonov Oybek Aliqulovich

    Ilmiy rahbar

Published

2026-03-19