KONSEPT TUSHUNCHASI VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI
Keywords:
konsept, kognitiv semantika, freym, prototip, konseptual metafora, lingvokulturologiya, qadriyat, stereotip, farzand, Kind.Abstract
Mazkur maqolada “konsept” tushunchasining tilshunoslikdagi tadqiqi, uning nazariy-metodologik asoslari hamda kognitiv-semantik va lingvokulturologik yondashuvlar doirasidagi izohlar yoritilgan. Tadqiqotda konsept nazariyasining rivojlanish bosqichlari, prototip va freym nazariyalari, konseptual metafora hamda lingvokulturologik maktablarning g‘oyalari tahlil qiligan. Nemis tilshunosligidagi konsept tadqiqi o‘ziga xos jihatlari – freym modellashtirish va diskurs tahlili asosida ko‘rib chiqilgan. Natijada, “farzand/Kind” konsepti misolida yadro va periferiya birliklari, qadriyat va stereotip qatlamlari, shuningdek, madaniy mazmun komponentlari aniqlash imkoniyatlari belgilangan. Tadqiqot xulosalari konseptual tahlilning til va madaniyat kesishmasidagi o‘rnini ko‘rsatib, lingvosemantik va lingvokulturologik izlanishlar uchun nazariy apparat vazifasini bajaradi.