SURUNKALI POLIPOZ RINOSINUSIT KASALLIGINI TASHXISLASHNING ZAMONAVIY KLINIK-MORFOLOGIK USULLARI
Keywords:
surunkali polipoz rinosinusit, CRSwNP, nazal endoskopiya, KT, Lund-Mackay, Nasal Polyp Score, SNOT-22, histopatologiya, to‘qima eozinofiliyasi, klinik-morfologik tashxis.Abstract
Surunkali polipoz rinosinusit, ya’ni chronic rhinosinusitis with nasal polyps, burun va yondosh bo‘shliqlar shilliq qavatining 12 haftadan ortiq davom etuvchi surunkali yallig‘lanishi bilan kechadigan, endoskopik jihatdan burun poliplari bilan namoyon bo‘ladigan klinik-fenotipik birlikdir. Zamonaviy konsensus hujjatlarida tashxis qo‘yish uchun kamida 12 hafta davom etgan ikki yoki undan ortiq simptom, ulardan biri burun bitishi yoki burun ajralmasi bo‘lishi, hamda ob’ektiv tasdiq sifatida nazal endoskopiya yoki kompyuter tomografiyada yallig‘lanish belgilarining mavjudligi talab qilinadi. Global meta-tahlillarda surunkali rinosinusitning umumiy tarqalishi 8,71% atrofida, CRSwNP ning esa 0,65% atrofida baholangan; alohida populyatsiyalarda bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lishi mumkin.
Ushbu tadqiqotning maqsadi TDTU LOR bo‘limida 145 nafar bemorda surunkali polipoz rinosinusitni tashxislashda zamonaviy klinik, endoskopik, radiologik va morfologik usullarning o‘rnini kompleks baholashdan iborat bo‘ldi. Barcha bemorlarda simptomatik baholash, nazal endoskopiya, paranazal sinuslar KTsi, SNOT-22, VAS va laborator ko‘rsatkichlar o‘rganildi; jarrohlik yoki maqsadli biopsiya o‘tkazilgan bemorlarda histopatologik tahlil bajarildi.