YANGI O‘ZBEKISTONDA YAGONA MA’NAVIY MAKON BARPO ETISHNING ZARURATI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
ma’naviyat, taraqqiyot, qadriyat ,mafkura, islohot ,barqarorlik vatanparvarlik, birdamlikAbstract
Maqolada ma’naviy makon tushunchasining mazmuni milliy qadriyatlar, tarixiy meros, urf-odat va an’analar hamda zamonaviy demokratik tamoyillar uyg‘unligida yoritiladi. Uning asosiy xususiyatlari sifatida milliylik va umuminsoniylik birligi, bag‘rikenglik muhiti, ijtimoiy hamjihatlik, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish kabi masalalar ochib beriladi. Menimcha, yagona ma’naviy makon barpo etish shunchaki siyosiy yoki nazariy tushuncha emas, balki har bir fuqaroning hayotiy ehtiyojiga aylanishi zarur bo‘lgan jarayondir. Chunki ma’naviy birlik bo‘lmagan jamiyatda islohotlarning o’z samarasi to‘liq namoyon eta olmaydi. Ayniqsa, yoshlar ongini turli yot g‘oyalardan himoya qilish, ularda mustaqil fikrlash, Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini kuchaytirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Agar biz ma’naviy makonni mustahkam qura olmasak, taraqqiyotning boshqa yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar ham zaiflashishi mumkin, deb hisoblayman.Shuningdek, yagona ma’naviy makon jamiyatdagi ijtimoiy birdamlik va milliy identitetni mustahkamlash orqali barqaror taraqqiyot poydevorini yaratadi va yosh avlodni vatanparvar, axloqiy barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu sababli, uning barpo etilishi har bir fuqaroning ongiga va mamlakatning kelajagiga bevosita ta’sir qiladigan strategik vazifa hisoblanadi.