ZAMONAVIY TA’LIM VA YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA XALQARO TAJRIBALAR
Keywords:
zamonaviy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya, yoshlar tarbiyasi, xalqaro tajriba, ta’lim tizimi, ijtimoiy mas’uliyat, globallashuvAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimining yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi hal qiluvchi ahamiyati yoritiladi. Bugungi axborotlashgan va tez o‘zgarayotgan jamiyat sharoitida ta’lim jarayoni faqat bilim berish vazifasi bilan cheklanib qolmay, yoshlarning dunyoqarashi, hayotiy pozitsiyasi va axloqiy qarorlarini shakllantirishga xizmat qilishi lozim. Aynan ta’lim orqali yosh avlodda mas’uliyat hissi, tanqidiy fikrlash va ijtimoiy faollik kabi muhim fazilatlar qaror topadi.Globallashuv jarayonida turli madaniy va g‘oyaviy ta’sirlar kuchayib borar ekan, yoshlarning ma’naviy barqarorligini ta’minlash dolzarb vazifaga aylanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, xalqaro ta’lim tajribalarini o‘rganish va ularning samarali jihatlarini milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqola zamonaviy ta’limni jamiyat kelajagini belgilovchi, yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlovchi asosiy omil sifatida ochib beradi.