QANDLI DIABETI BOR BEMORLARDA ST SEGMENTI KO‘TARILISHISIZ O‘TKIR KORONAR SINDROMNING KLINIK-DIAGNOSTIK XUSUSIYATLARI: ESC 2023-2025 TAVSIYALARI ASOSIDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUV
Keywords:
Qandli diabet, ST segmenti ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindrom (STKOS), Yevropa Kardiologlar Jamiyati (ESC), mikrovaskulyar disfunksiya, kardiometabolik xavf, SGLT2 ingibitorlari, GLP-1 reseptor agonistlari, yuqori sezuvchan troponin, INOCA, SCORE2-Diabetes.Abstract
Mazkur ilmiy maqola qandli diabet (QD) bilan og‘rigan bemorlarda ST segmenti ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindrom (STKOS) kechishining klinik-diagnostik xususiyatlarini Yevropa Kardiologlar Jamiyati (ESC) ning 2023-2025 yillardagi so‘nggi klinik tavsiyalari va ilmiy yangiliklar asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. So‘nggi o‘n yillikda olib borilgan kardiovaskulyar natijalar bo‘yicha randomizatsiyalangan klinik tadqiqotlar (CVOTs) diabet va yurak-qon tomir kasalliklari patogenezi o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. An’anaviy qarashlardan farqli o‘laroq, zamonaviy yondashuv giperglikemiyaning toksik ta’siridan ko‘ra, insulinorezistentlik, surunkali yallig‘lanish va endotelial disfunksiya fonida rivojlanadigan kardiometabolik fenotipning ustuvorligini tan oladi. Maqolada STKOS tashxisida yuqori sezuvchan troponinlar (hs-cTn) va SCORE2-Diabetes kabi zamonaviy stratifikatsiya modellarining o‘rni tahlil qilingan. Ayniqsa, diabetik kardiyomiyopatiya va mikrovaskulyar disfunksiya (ANOCA/INOCA) kabi subklinik holatlarning STKOS fenotipiga ta’siri ESC 2024 surunkali koronar sindromlar bo‘yicha qo‘llanma nuqtai nazaridan yoritilgan. Terapevtik paradigmada SGLT2 ingibitorlari va GLP-1 reseptor agonistlari kabi glyukoza pasaytiruvchi vositalarning kardioprotektiv xususiyatlari, ularning metabolik nazoratdan mustaqil ravishagi o‘rni dalillangan. Shuningdek, O‘zbekiston populyatsiyasida kasallikning kechish xususiyatlari, mavjud diagnostik va davolash muammolari, hamda milliy profilaktika strategiyalarini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.